Pythonga kirish

Python dasturida Salom IT NATION so'zini ekranga chiqarish uchun print buyurug'idan foydalanamiz. Print buyurug'i ma'lumot ekranga chiqarish vazifasini bajaradi. Ekranga o'zgarucvhilarni, satrlarni yoki natijani chiqarish uchun print buyurug'idan foydalanamiz. Ekranga Salom IT NATION so'zini chiqarish uchun quyidagi buyuruqlarni kiritish lozim.

                      
print('Salom IT NATION');
                      
                    

Python o'zgaruvchilar

Boshqa dasturlash tillaridan farqli ravishda pythonda o'zgaruvchilarni e'lon qilish buyurug'i mavjud emas. O'zgaruvchilar qiymat berilgan vaqtda yaratiladi. O'zgaruvchilarni aniq qandaydir tip bilan e'lon qilish shart emas, ular xatto boshida berilgan tipini boshqasiga ham o'zgartira oladi. Quyidagi misolda o'zgaruvchiga son ko'rinishdagi qiymat berib keyin uni satrga o'zgartiramiz.

                      
x = 4 # x o'zgaruvchisining tipi int
x = "IT NATION" # x endi str tipiga o'zgardi
print(x)
                      
                    

Pythonda sonlar

Pythonda 3 ta son tiplari mavjud bular:

  • int
  • float
  • complex

Int yoki integer manfiy yoki musbat qiymatga ega cheklanmagan uzunlikdagi butun son hisoblanadi. Pythonda biror obektning tipini aniqlash uchun type() funksiyasidan foydalanamiz. Quyidagi misolda 3 xil son tiplarini type() funksiyasini ishlatgan holda tipini ekranga chiqaramiz.

                      
x = 1    # int
y = 2.8  # float
z = 1j   # complex
print(type(x))
print(type(y))
print(type(z))
                      
                    

Pythonda if ... else

Python matematikada foydalaniladigan mantiqiy amallardan foydalanadi:

  • Teng a == b
  • Teng emas a != b
  • Kichik a < b
  • Kichik yoki teng a <= b
  • Katta a > b
  • Katta yoki teng a >= b

"if sharti" if buyurug'i orqali yoziladi. Quyidagi misolda ikkita o'zgaruvchidan foydalanamiz bular a va b. Ulardan a ga 33 qiymat b ga 200 qiymat beramiz. Agar b katta a bo'lsa ekranga "b o'zgaruvchisi a o'zgaruvchisidan katta" degan yozuvni chiqaramiz

                      
a = 33
b = 200
if b > a:
  print("b o'zgaruvchisi a o'zgaruvchisidan katta")